Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hozir burg‘ilash dolotasini 10 baravar qimmatga olyapmiz, ammo...» — Bahodirjon Sidiqov

«Hozir burg‘ilash dolotasini 10 baravar qimmatga olyapmiz, ammo...» — Bahodirjon Sidiqov

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov bu yil anomal sovuqqa hozirlik ko‘rib qo‘yilganini aytgandi.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi qish davomida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan qo‘shimcha 15-16 million kub metr gaz ishlab chiqariladi. Bu qanday amalga oshiriladi?

«Gaz qazib olishni oshirish borasida burg‘ilashning o‘rni juda katta, yangi gaz manbalarini topishimiz kerak. Shu sababli katta kuch burg‘ilashga qaratilgan, biz qilinayotgan ishlar samaradorligini oshirmoqchimiz.

E-kon bo‘yicha qilayotgan ishlarimiz bilan tanishib chiqdingiz, biz bu tajribani 150 dan ortiq konlarimizda yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Neft-gaz sohasining kelajagi faqat raqamlashtirish bilan bog‘liq, shu sababli sohaga e’tibor juda katta.

Bizda har bir quduqning egasi bor va o‘sha quduq uchun javobgarlik uning zimmasida. E-kon tashabbusi doirasida yangi lavozim muhandis-operator lavozimi joriy etilgan, quduqlarimiz onlayn kuzatib boriladi. Muhandis-operatorning maoshi quduq yaxshi ishlashiga bog‘liq, agar ishlab chiqarish yaxshi bo‘lsa, maosh ham yaxshi bo‘ladi», deydi Bahodirjon Sidiqov.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda gaz qazib olishda xorij tajribasi o‘rganilmoqda. Yaqinda Gazpromneftdan mutaxassis taklif qilingan, ayni vaqtda u burg‘ilash ishlarida ishtirok etmoqda.

«Ilgari burg‘ilash borasida qanday xatolarga yo‘l qo‘yganmiz? Masalan, burg‘ilash dolotasi degan uskuna bor, biz uni arzon narxga olardik va u ko‘p buzilardi. Almashtirish uchun esa 5-6 kun yo‘qotardik. Oqibatda tejagan pulimiz ortig‘i bilan chiqib ketardi.

Hozir o‘sha dolotaning sifatlisini 10 baravar qimmatga olyapmiz, ammo shunga yarasha ish tezligi va samaradorligi oshgan. Ilgari bitta konni qazish uchun 82 kun muddat berilgani holda grafikdan kech qolib, 102 kun sarflagan bo‘lsak, endi o‘sha muddat teng yarmiga qisqarishi kutilyapti», ta’kidlaydi «O‘zbekneftgaz» AJ raisi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring