Hokimlik xodimi pora bilan ushlandi

2018-yil 29-may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi V.Z. shaharda yashovchi fuqarodan uy-joyga egalik huquqi olish masalasini hal qilib berish uchun 600 AQSh dollari olayotganda ushlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Fuqaro o‘zi yashab turgan xonadoni hamda singlisi va qizining uyiga egalik huquqini olish uchun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligiga murojaat qilganida V.Z o‘zini uy-joy masalasi bo‘yicha mas’ul ekanligini bildirib, sud orqali xonadonlarga egalik huquqini berish evaziga har bir xonadon uchun 200 AQSh dollari bersa, ishini hal qilib berishini aytadi.
Shundan so‘ng, fuqaro arizasi asosida Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi lavozimida ishlovchi V.Z. xizmat xonasida 600 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan IJQK departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter