Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Obidov Sanjar Omonxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. etib tayinlandi.

Sanjar Obidov 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent moliya instituti va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.

Bugunga qadar qator mas’ul lavozimlarda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring