Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hitlerning «Mersedes»i kimoshdi savdosida sotiladi

Hitlerning «Mersedes»i kimoshdi savdosida sotiladi

Foto: Twitter / INP / AFP

17-yanvar kuni AQShning Arizona shtatida «Worldwide Auctioneers» savdo uyi tomonidan o‘tkaziladigan auksionda Adolf Hitlerning lyuks turkumiga kiruvchi «Mersedes» avtomashinasi savdoga qo‘yiladi. Bu haqda «Yevropa 1» radiosi ma’lum qildi.

Hitler 1940 yili Fransiya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga uyushtirilgan harbiy paradda
Foto: INP / AFP

1939-yili ushbu modeldan dunyoda bor-yo‘g‘i to‘rt dona ishlab chiqarilgan. Hitlerga tegishli bolid soatiga 160 km tezlikda harakatlanuvchi va “Super Mersedes nomi bilan mashhur «Mercyedes-Bens 770»dir. Ushbu avtomobil o‘z vaqtida Uchinchi reyxning qudratini yoyishning o‘ziga xos quroli sifatida ham gavdalangan. Ushbu avtomobildan Hitler 1940-yili Fransiya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga uyushtirilgan harbiy paradda hamda Italiyalik diktator Benito Mussolini tashrifi paytida foydalangan.

Adolf Hitlerning lyuks turkumiga kiruvchi «Mersedes» avtomashinasi
Foto: Twitter

Mazkur avtomobil Ikkinchi jahon urushi oxirlarida amerikaliklar tomonidan Fransiya hududida topilgan va uning qayerdan kelgani surishtirilmasdan harbiy politsiya bo‘limiga berib yuboriladi. Urush nihoyasiga yetganidan keyin bir belgiyalik uni tezlik bilan sotib oladi. Ammo, oradan bir oz vaqt o‘tgach, Virjiniyaga — sobiq jangchilar uyushmasiga jo‘natiladi. 2002-yili esa yana Yevropaga olib kelinadi.

«Worldwide Auctioneers» savdo uyi avtomobilning amaldagi egasi kim ekanligini hozircha oshkor qilgani yo‘q. Avtomobil 17-yanvar kuni Arizona shtatidagi Skotsdeyl shahrida auksionga qo‘yiladi va savdodan tushgan mablag‘ning 10 foizi natsizm va Xolokost davrini o‘rganish ishlariga taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring