Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘shtdan tiyiling! Shifokor ayrim insonlarni ogohlikka chaqirdi

Go‘shtdan tiyiling! Shifokor ayrim insonlarni ogohlikka chaqirdi

Foto: Xabar.uz

Qizil go‘sht inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mol go‘shti, qo‘y go‘shtini tez-tez iste’mol qilish xolesterin va qon bosimini oshirishi mumkin, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kuchaytiradi. Bu haqda gastroenterolog Yekaterina Yesakova ma’lum qildi.

«Go‘shtni ko‘p iste’mol qilish va yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotlovchi tadqiqotlar mavjud. Shunday qilib, yurak-qon tomir kasalliklari va ichak saratoni xavfi ostida bo‘lgan odamlarga ushbu mahsulotni cheklash tavsiya etiladi», — deya ogohlantirdi shifokor.

Shu bilan birga, gastroenterologning ta’kidlashicha, qizil go‘sht tarkibidagi ozuqa moddalari (B vitamini, temir, rux, selen va boshqa vitamin va minerallar) haqida unutmaslik kerak:

«Agar inson go‘shtdan voz kechishga qaror qilsa, uning o‘rnini bosuvchi yetarli miqdordagi ozuqa moddalarini o‘z ichiga olgan o‘simlik mahsulotlari bilan parhez qilishi kerak»,— deydi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring