Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi

Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–725-son, 25.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring