Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gordon xatosini tan oldi: O‘zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilmaydi

Gordon xatosini tan oldi: O‘zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilmaydi

Videodan skrinshot

Ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordon isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusida Eron dronlar O‘zbekiston hududida yig‘ilyapti, deb noto‘g‘ri ma’lumot berganiga iqror bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, taniqli jurnalistning ayblovi keskin munozaralarga sabab bo‘lgan, O‘zbekistonning Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi bayonotlarida ushbu da’vo rad etilgandi. «Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov esa «Gordonni uzr so‘rashga majbur qilish kerak», deya munosabat bildirgandi.

Gordon Alesya Batsman va Savik Shuster bilan videomuloqotda, jumladan, quyidagilarni gapirdi.

«Aslida men O‘zbekistonni emas, Tojikistonni nazarda tutgandim. Tilimdan esa «O‘zbekiston» so‘zi chiqib ketgan.

O‘zbekistonning dron ishlab chiqaruvchi zavodi haqida ma’lumotlar bor. Ammo uning Eron bilan biron-bir aloqasi borligi haqida hech qanday dalil yo‘q.

Men Tojikistonni nazarda tutgandim. Eronliklar u yerda dron yig‘ishadi... Tojikiston tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotimni, agar noto‘g‘ri bo‘lsa, inkor etsin.

O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, men hech qachon O‘zbekiston davlatiga soya tashlashni istamaganman.

O‘zbeklarni, bu yerning mehmondo‘st xalqini sevaman va hurmat qilaman. Ikkinchi jahon urushida juda ko‘plab ukrainlarga boshpana bergan xalq.

Yana bir bor takrorlayman. Men tilga olgan Eron dronlari ishlab chiqarilishi haqidagi ma’lumotning O‘zbekistonga umuman daxli yo‘q.

Aziz o‘zbeklar! Ukrainaning bugungi fojiasiga befarq emasligingiz va qo‘llab quvvatlayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman», dedi Gordon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring