Gazdan qarzi borlar vaqtinchalik tarmoqdan uzilmaydi

Hududgazta’minot xabar berishicha, iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Xonadoningizdagi hisoblagich o‘chirilgan bo‘lsa, avvalo asosiy kiruvchi va uy ichidagi barcha gaz jihozlarni o‘chiring, so‘ngra markaziy ko‘k ENTER tugmasini uch marta bosing va 6 daqiqa kuting.
Gaz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, siz gaz ta’minoti tashkilotining 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter