Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV O‘zbekistonning 43 nafar fuqarosini yana bir falоkatdan asrab qoldi (foto)

FVV O‘zbekistonning 43 nafar fuqarosini yana bir falоkatdan asrab qoldi (foto)

Foto: FVV

2018-yil 21-yanvar kuni taxminan soat 23:10 larda O‘zbekiston fuqarosi Boltaboyev Ulug‘bek FVV Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtabning 147-10-50 telefon raqamiga aloqaga chiqqan. Uning xabariga ko‘ra, joriy yilning 21-yanvar kuni taxminan soat 22:50da Petropavlovsk shahridan O‘zbekiston Respublikasiga «Setra» rusumli avtobusda 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shulardan 2 nafari yosh bolalar kelayotgan vaqtda, Ostona shahriga 54 km. qolganda havo harorati (-40 daraja) sovuqligi sababli, dizel yoqilg‘isi muzlashi natijasida yo‘l chetida harakatlanmay turib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV FVBM tezkor navbatchisi zudlik bilan mazkur fuqaro bilan aloqaga chiqib, undan vaziyatga aniqlik kiritilgandan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi FVQ FVBMga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ma’lumot taqdim etildi va so‘ngra hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida, Qozog‘iston Respublikasi FVQ va mahalliy ijro organlari xodimlari tomonidan mazkur avtobus yo‘lovchilari Sho‘rtandi tumani A-1 «Ostona-Borovoy» trassasi yaqinida joylashgan 5-sonli Agrotexnika kollejining yotoqxonasida tashkil etilgan isinish maskaniga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan. Isinish maskanida O‘zbekiston fuqarolariga issiq joylar, uch mahal issiq ovqat va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vataniga tezkor qaytarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi FVV va Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ tomonidan fuqarolarga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ poyezdining platskart vagonlari bepul asosda taklif etildi. Afsuski, yomon ob-havo va sovuqqa qarshi ogohlantirishga qaramasdan, yo‘lovchilar ruxsatsiz avtobusda yo‘lga chiqdilar, faqatgina 5 nafar yo‘lovchigina Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ xodimlari tomonidan Ostona shahri vokzaliga yetkazilib, poyezdda Toshkent shahriga yetib keldilar.

Joriy yilning 2018-yil 25-yanvar kuni soat 22:00da mazkur fuqarolar Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidagi «G‘isht ko‘prik», «Zangiota» va «Toshkent» chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali Respublika hududiga sog‘-omon kirib kelishdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV Qozog‘iston Respublikasi IIV FVQ Akmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti, akimati, Sho‘rtandi tumanidagi 5-sonli Agrotexnika kolleji rahbarlari va xodimlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga ko‘rsatilgan yordam va hamkorlik uchun alohida minnatdorlik bildiradi.

Foto: FVV
Foto: FVV
Foto: FVV
Foto: FVV

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring