Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foto. Toshkentda maxsus patrul guruhlari tashkil etildi

Foto. Toshkentda maxsus patrul guruhlari tashkil etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB tomonidan Toshkent shahri fuqarolari va mehmonlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida shaharda maxsus patrul guruhlari tashkil etildi.

Ushbu guruhlar zamonaviy kiyim-kechak, maxsus anjom va texnika vositalari bilan ta’minlandi. Bu haqda Toshkent ShIIBB xabar berdi.

«Maxsus patrul» guruhlari tomonidan shahar fuqarolari hamda chet eldan kelgan mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida poytaxtning «Toshkent» vokzali, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Mustaqillik maydonida xizmat olib borishlari yo‘lga qo‘yildi.

Zamonaviy uyali telefon vositasiga yuklangan «Transleyter» dasturiy tizimi yordamida mehmonlar bilan chet tillarda ovozli tarjima orqali muloqot qilish hamda «Navigator» dasturiy tizimidan foydalangan holda poytaxtning turli manzillari va joylari yuzasidan elektron xarita orqali ma’lumotlar bilan yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring