Fond tanlov e’lon qilmoqda: g‘olib Hindistonga boradi!
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zahriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan kecha o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda ma’lum qilindi.
Fond boshqaruvining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «Bobur bilimdonlari» nomi ostida o‘tkazilajak tanlov yosh avlodni ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk shoir va sarkardaning hayot yo‘li ilmiy merosini yana ommalashtirish hamda ilmga chanqoq yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotir. Jamoat fondi Andijonda joylashgani bois tanlov hozircha viloyat doirasida o‘tkaziladi. Tanlovning shahar va tuman bosqichi joriy yilning may oyida, sentyabrga borib esa viloyat miqyosida o‘tkaziladi.
G‘oliblar fond diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan siylanadi. Mutloq g‘olib esa Hindistonga sayyohlik yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter