Farg‘onadagi press-klubda G‘aniyev ko‘rinmadi. Obidov esa hokim jurnalistlarga intervyu berishga tayyorligini aytdi
Ma’lumki prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifini beshta internet saytlari muxbirlari tashrif jarayonlarini viloyatdan turib yoritdi.
Bu jurnalistlar uchun yangicha amaliyot bo‘ldi.
Mazkur sayt jurnalistlari safar davomida Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan qisqa suhbat o‘tkazdi.
Ma’lumki, 7-iyun kuni tarmoqda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishdan ketgani xususida xabar tarqaldi va bu o‘z tasdig‘ini topmadi.
Muhammadjon Obidovning aytishicha, hokimlik har qanday vaziyat va tushunmovchilikka izoh berishga tayyor.
Suhbat davomida viloyat hokimining OAVga intervyu berish masalasi ko‘tarildi.
Matbuot kotibiga ko‘ra, Shuhrat G‘aniyev internet nashrlariga tez orada intervyu berishga tayyor. Lekin ayni paytda prezident tashrifidan keyingi ishlar va tig‘iz kun tartibi sabab jurnalistlar bilan uchrashmagan va yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida qatnasha olmagan.
Kuzatamiz. Va’da va’daligicha qolib ketmasligiga umid qilamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter