Farg‘onadagi bozorda go‘sht 35 ming so‘mdan sotilmoqda

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tashabbusi bilan Ramazon oyi munosabati bilan markaziy dehqon bozorida 1 kg mol go‘shti 35 ming so‘mdan sotilmoqda.
Bu haqda Xalq so‘zi nashri yozdi.
— Ayni paytda fermer xo‘jaligimizda Yevropadan keltirilgan 220 bosh naslli qoramol boqilmoqda, — deydi tumandagi «Ortiqali G‘aniyev» fermer xo‘jaligi rahbari Ortiqali G‘aniyev. — Shuningdek, xo‘jaligimizda 10 turda yaqin sut va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Furqatlik fermerlar o‘zaro kelishgan holda Ramazon hayiti bayrami kunlari dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarka orqali 1 kg mol go‘shtini 30 ming so‘mdan sotishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter