Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Faol tadbirkor – ijodkor nigohida» tanlovining taqdimoti o‘tkazildi (foto)

«Faol tadbirkor – ijodkor nigohida» tanlovining taqdimoti o‘tkazildi (foto)

«O‘zLiDeP» rasmiy sayti

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan badiiy adabiyotda, publitsistikada va teleobrazlar orqali bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshrilayotgan bunyodkorlik ishlarida yetakchi o‘rin tutayotgan faol tadbirkor qiyofasidagi zamonamiz qahramoni obrazini yaratish, mamlakatimiz ijodkorlarini ushbu muhim ishga rag‘batlantirish maqsadida «Faol tadbirkor – ijodkor nigohida» mavzuidagi respublika ijodiy tanlovi e’lon qilindi.

«O‘zLiDeP» rasmiy sayti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida «O‘zLiDeP» tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda masalaning shu va boshqa jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, tanlovning asosiy maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritilib, u orqali innovatsion taraqqiyot modellarini qo‘llaydigan, ishlab chiqarishga ilg‘or g‘oyalar, «nau-xau» va «aqlli» texnologiyalarni joriy etadigan, eksport qilish hisobidan mamlakatimizning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o‘rin olishiga hissa qo‘shadigan, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod vakillarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlashga, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan asarlar yaratish va ularni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. Qolaversa, mamlakatimiz faol tadbirkor va fermerlarining samarali faoliyatini, ularning yurtimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta’minlash va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirish borasidagi innovatsion g‘oya va loyihalarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga tashqi investitsiyalarni jalb etish yuzasidagi faoliyatlarini ijodiy materiallar orqali alohida e’tirof etgan holda ularni yangi marralar sari undash nazarda tutilgan.

«O‘zLiDeP» rasmiy sayti

Mazkur tanlov Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishga, badiiy-publitsistik materiallar orqali yurtimizda faol tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ishtirokchilarga tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, ijodiy tanlov «Eng yaxshi badiiy asar», «Eng yaxshi publitsistik asar» «Eng yaxshi video, audiorolik» yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Tanlov komissiyasi 2018-yilning 25-noyabriga qadar eng yaxshi ishlarni tanlab, g‘olib va sovrindorlarni aniqlaydi. Ijodiy ishlar 2018-yil 1-noyabriga qadar qabul qilinadi.

«O‘zLiDeP» rasmiy sayti

Shuningdek, bir nechta nominatsiyalarda rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham ta’sis etilgan. Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Tadbirda tanlov shartlari va mazmun-mohiyatini aholi orasiga kengroq targ‘ib qilish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Xususan, tanlovni o‘zgacha shukuh va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida amaliy takliflar o‘rtaga tashlandi va ular asosida zarur chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

«O‘zLiDeP» rasmiy sayti

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar va jurnalistlar tomonidan yo‘llangan savollarga tadbir tashkilotchilari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring