Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook»da DXXning rasmiy sahifasi ochilganidan xabaringiz bormi?

«Facebook»da DXXning rasmiy sahifasi ochilganidan xabaringiz bormi?

Skrin: Facebook / Davlat xavfsizlik xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari ham tasdiqlangan edi.

Aynan shu farmon imzolanib, matbuotda e’lon qilingandan keyin «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali Davlat xavfsizlik xizmati sahifasi ochilgan. Unda birinchi post 2018-yil 18-mart kuni qoldirilgan.

Mazkur sahifada DXX faoliyatiga oid tezkor xabarlar va yangiliklar berib boriladi. Sahifa obunachilari soni 2500 nafar bo‘lib, bu raqam sahifa ochilganidan hali ko‘pchilik bexabar ekanini anglatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring