«Ezidyor»ning egasiga «Versal», «Mumtoz»ning egasiga esa «Sayohat» restorani beriladi
![«Ezidyor»ning egasiga «Versal», «Mumtoz»ning egasiga esa «Sayohat» restorani beriladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2303962759.jpg)
«Tashkent city» qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan «Ezidyor» va Shayxontohur ko‘chasidagi «Mumtoz» tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar bergan edik.
Toshkent shahar hokimiyati vakilining «O‘zA»ga ma’lum qilishicha, «Ezidyor» to‘yxonasi egasiga «Versal» to‘yxonasi beriladi.
Shuningdek, «Mumtoz» to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan «Sayohat» restorani beriladi.
«Maqsadimiz, mulklari buzilish hududlarida bo‘lgan tadbirkorlarni rozi qilish, ularga ma’qul bo‘lgan yerdan joy berishdir», deydi Toshkent shahar hokimligi vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter