Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Ertaga dam olish kunimi?

Ertaga dam olish kunimi?

2020-yil 10-apreldagi qonunga binoan 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan edi.

Shundan kelib chiqib, ko‘pchilik ertaga dam olish kuni bo‘ladimi, deb so‘rashmoqda.

JAVOB: yo‘q, 21-oktyabr dam olish kuni emas!

Mehnat kodeksidagi matndan mantiqiy kelib chiqsak, barcha bayramlar ham dam olish kuni bo‘lavermaydi. Masalan, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni yoki 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dam olish kunlari emas. Yoxud ko‘plab kasb bayramlarini bunga misol keltirish mumkin.

Agar bayramlar dam olish kuni deb belgilansa, qonunda bu alohida ko‘rsatiladi. Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan O‘zbekistonda 9 ta bayramda dam olinadi. O‘zbek tili bayrami ular ro‘yxatida yo‘q.

Qonunlardagi farq haqida yanada yaxshiroq tasavvur hosil qilishingiz uchun, O‘qituvchi va murabbiylar kunini belgilash hamda O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risidagi qonunlarni ilova qilyapman, o‘qib ko‘rsangiz hammasi tushunarli bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring