Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha ayblovlarga javob berdi

Eron Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha ayblovlarga javob berdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Rossiya yoki Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga qarshi ekanini bildirdi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiy Tehron «hoh Ukrainada, Yamanda yoki Falastinda bo‘lsin» har qanday qurolli mojarolarga qat’iyan qarshi ekanini aytdi.

«Biz har qanday tomonning Ukraina yoki Rossiyaga qurol yuborishini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz», dedi u.

Eron siyosiy muloqotni rivojlantirish va «bu inqirozni siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilish» niyatida, deya qo‘shimcha qildi u.

Bu bayonoti bilan u Eron Rossiyaga jangovar uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib beradimi, degan savolga javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur sabab tufayli Eron va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring