Erkinjon Turdimovga arxitektor-maslahatchi tayinlandi

Turdialiyeva Taxmina Husanovna viloyat hokimining arxitektura va qurilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Erkinjon Turdimovning feysbuk sahifasida ma’lum qilindi.
Taxmina Turdialiyeva Toshkent arxitektura-qurilish institutida, Xitoyning «Wuhan University of Technology» hamda «Huazhong University of Science and Technology» oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan. «Yacademy» yosh arxitektorlar akademiyasida malaka oshirgan.
Mazkur tayinlovga qadar T.Turdialiyeva Xitoyning «Cube design» xalqaro arxitektura firmasida arxitektor sifatida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter