«Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi (to‘liq ro‘yxat)
Bugun, 13-oktyabr kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, g‘oliblar orasida «Xabar.uz» muxbiri ham e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimida ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasi, hakamlar hay’ati a’zolari, tanlov g‘oliblari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlov respublika bosqichiga, shuningdek, Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan bosma OAV, veb-sayt, telekanal va radiokanallar ijodkorlari uchun har bir (to‘rtta) yo‘nalish bo‘yicha joriy etilgan «Eng yaxshi jurnalistik material uchun» rag‘batlantiruvchi nominatsiyasiga 140 nafardan ziyod muallif va ijodiy jamoalardan 1000 ga yaqin ish kelib tushdi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari maxsus diplomlar, ko‘rik-tanlov ramzi tushirilgan plaketka hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
«Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari ro‘yxati
G‘olibning ism-familiyasi |
O‘rin |
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarning qisqacha mazmuni |
Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha |
||
Sobir O‘nar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi |
1-o‘rin
|
Xalqimiz turmushi, jamiyatda yuz berayotgan jo‘shqin hayot, bugungi kun qahramonlari qiyofasi hamda ularning o‘y-kechinmalari vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan ta’sirchan va jonli ifodalangan “Oldinda yongan mayoq” to‘plami uchun |
Vafo Fayzullo O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir |
2-o‘rin
|
Yangi O‘zbekistonning yangi marralar, porloq kelajak sari dadil, ishonch bilan odimlayotgan ozod fuqarosi ko‘ngil kechinmalari, qaynoq his-tuyg‘ulari, vafo va sadoqat, mehr-oqibat, do‘stlik va hamjihatlik singari mavzular tarannum etilgan “Qoyadagi daftar” she’riy to‘plami uchun |
Habib Abdunazar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi |
3-o‘rin |
Xalqimizning milliy turmush tarzi, o‘ziga xos xarakteri qirralari badiiy aks etgan “Dashtdagi olov” qissa va hikoyalar to‘plami uchun |
Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha |
||
Nargiza Umarova, “Yoshlar ovozi” gazetasi bo‘lim muharriri |
1-o‘rin
|
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng va tahliliy yoritilgan materiallari uchun |
Shoqahhor Salimov, faxriy jurnalist |
2-o‘rin
|
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik, mamlakatning yaxshi qo‘shnichilik siyosati, strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarning mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqilayotgani tahliliy yoritilgan materiallari uchun |
Farmon Toshev, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri |
3-o‘rin
|
Mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, matbuot sohasidagi islohotlarning borishiga bag‘ishlangan maqolalari uchun |
OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari bo‘yicha |
||
Mirolim Isajonov, “daryo.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri |
1-o‘rin
|
Bunyodkor zamondoshlarimizning ibratli hayoti va mehnat faoliyati chuqur tahliliy yoritilgan maqolalari uchun |
Faxriddin Ubaydullayev, O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri (Andijon viloyati) |
2-o‘rin
|
Dastur va loyihalar ijrosi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda farzandlarimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, innovatsion g‘oyalarning amaliyotga tatbiq etilishiga bag‘ishlangan materiallari uchun |
Nargiza Yunusova, human.uz axborot portali muxbiri |
3-o‘rin
|
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni, odamlarning hayotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yoritilgan materiallari uchun |
Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari bo‘yicha |
||
Ulug‘bek Rahmonqulov, “O‘zbekiston 24” telekanali muharriri |
1-o‘rin
|
“O‘zbekiston yil mamlakati” nomli hujjatli filmi, “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturi, “Maxsus reportaj” teleko‘rsatuvlari uchun |
Muqaddas Panjiyeva, “Mening yurtim” telekanali muxbiri |
2-o‘rin
|
“Hudud” yoshlar informatsion dasturida efirga uzatilgan turkum tahliliy materiallari uchun |
Abduholiq Marayimov, “O‘zbekiston” radiokanali muharriri |
3-o‘rin
|
“Islohotlar amalda”, “Jarayon”, “Xalq qabulxonalarida” turkum eshittirishlari uchun |
Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha |
||
Erkin Aralov, rangtasvirchi rassom |
1-o‘rin
|
Vatanimizning betakror tabiati, salomatlikni asrash, odamlarimizning Vatanga sadoqat tuyg‘usi yuksak badiiy bo‘yoqlarda talqin etilgan “Uyda qoling”, “Karantin” asarlar turkumi uchun |
Farrux Shodmonov, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri |
2-o‘rin
|
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlangan dizayn loyihalari uchun |
Hamdam Shoraxmedov, fotosuratchi |
3-o‘rin
|
Vatanimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, odamlarning Vatanga sadoqat tuyg‘usi aks ettirilgan “Ona yurtim” fotolavhalari uchun |
Kino san’ati asarlari bo‘yicha |
||
Mansur Abduxoliqov, rejissyor |
1-o‘rin
|
Mustaqillik bergan ne’matlarni qadrlashga, mamlakatimizda el-yurt farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning qadr-qimmatini chuqurroq anglash tuyg‘ulari aks etgan “Tengiz” badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun |
Erkin Bozorov, aktyor |
2-o‘rin
|
Yurt ravnaqi, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan insonlarning siymolarini yaratish, ular yashagan davrni hujjatlar asosida tiklash orqali tomoshabinga xotira muqaddas ekani, mustaqillik g‘oyalarining abadiyatga daxldorligi mavzularining go‘zal tasviriy ifodalar orqali yetkazib berilgan “Sabru sadoqat” ko‘p seriyali badiiy filmdagi aktyorlik ishi uchun |
Said Dalilxon Said Turg‘utxonov, operator |
3-o‘rin
|
Mustaqillik tufayli obod bo‘layotgan shahar, tumanlar, ta’mirlanayotgan tarixiy obidalar, qadamjolar aks etishi barobarida, bugungi kunda fermerlarga yaratilayotgan sharoitlar tasvirlangan “Matonat saboqlari. Lola Murodova” hujjatli filmidagi operatorlik ishi uchun |
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasi bo‘yicha |
||
Televideniye yo‘nalishida: |
||
“O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” studiyasi jamoasi |
– |
Pandemiya sharoitida mamlakatimizning obod bo‘layotgan shahar va tumanlari, ta’mirlanayotgan tarixiy obidalari, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan insonlar hayoti, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jonli efirlar orqali ochib berilgan “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvi uchun |
Radio yo‘nalishida: |
||
Gozzal Yaxudayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi radiokanal muharriri |
– |
“Yangilanish qadamlari”, “Inson manfaati xalq kelajagi”, “Salomatlik sirlari”, “Hazrati dehqon” turkum eshittirishlari uchun |
Matbuot yo‘nalishida: |
||
Iroda Toshmatova, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri |
– |
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning amaliy samaralari, aholi farovonligini ta’minlash borasidagi ishlar yoritilgan tahliliy materiallari uchun |
Veb-saytlarda yoritilgan materiallar yo‘nalishida: |
||
Nurillo To‘xtasinov, xabar.uz axborot-tahliliy portali muxbiri |
– |
O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni, ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e’tibor, xalqaro maydonda o‘z iqtidorini namoyish qilayotgan farzandlarimizning yutuqlari yoritilgan tahliliy materiallari uchun |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter