«Endi qaysi yo‘l ta’mirlanishini odamlarning o‘zi hal qiladi» — Prezident
Prezident yig‘ilishida bundan buyon ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat «Mening yo‘lim» dasturi orqali ajratilishi belgilandi.
«Endi qayerda ichki yo‘l qurish, qayerdagi yo‘llarni ta’mirlashni odamlarimizning o‘zi hal qiladi.
Shunday qilsak, loyihani tanlab olishda va sifatni ta’minlashda ochiqlik bo‘ladi, to‘liq jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi», — dedi Prezident.
Ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash uchun 2024-yilda «Mening yo‘lim» dasturi doirasida 800 milliard so‘m ajratish topshirildi.
Xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqishda yangidan tuzilayotgan jamg‘arma imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Bunda, maxsus ishchi guruh yo‘l xo‘jaligi sohasida investitsiya va davlat-xususiy sheriklik metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqadi.
Viloyat hokimlari bilan birgalikda loyihalar tanlab olinadi va investorlarni jalb qilish uchun tayyorlanadi.
Yig‘ilish davomida soha mutasaddilari va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter