Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Nukusning 59 ta mahallasi doimiy nazoratda bo‘ladi

Endi Nukusning 59 ta mahallasi doimiy nazoratda bo‘ladi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Endi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Milliy gvardiya, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlari Nukus shahrining 59 ta mahallasida faoliyat yuritishadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu guruhlar o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda uyushmagan yoshlar, hisobda turgan shaxslar, notinch oilalar bilan alohida ish olib borishadi. Ularning muammolarini hal qilishga ko‘maklashish bilan birga ma’naviy, ma’rifiy, huquqiy, harbiy vatanparvarlik mavzularida tadbirlar ham o‘tkazishadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari yig‘ilishida mahallalar aholisi, ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchi yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik sodir bo‘lishining oldini olish, vatanparvarlik tarbiyasi ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tashviqot guruhlari tashkil qilindi.

Shu kuni Nukus shahrining Gulzor mahallasiga biriktirilgan targ‘ibot guruhi bir necha xonadonda bo‘lib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgandilar, yoshlar bilan suhbat o‘tkazdilar.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring