Yekaterinburgda O‘zbekiston konsulxonasi ochildi
Bugun 13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston Respublikasining yana bir konsulxonasi ochildi. Unda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi. Bu haqda Sverdlovsk viloyati gubernatorining axborot siyosati departamenti vakili bergan ma’lumotga asoslanib RIA «Novosti» xabar bergan.
Shuningdek, mazkur shaharda «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» taqdimoti bo‘yicha tadbirlar ham bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur taqdimot avval Novosibirsk shahrida tashkil etilgan va kelajakda Qozon va Ufada ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tadbirlarda O‘zbekistonning turizm salohiyati, milliy taomlari va hokazolar ham namoyish etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter