Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Egasining xabari yo‘q: Navoiydagi onlayn kredit mojarosi

Egasining xabari yo‘q: Navoiydagi onlayn kredit mojarosi

Foto: Xabar.uz

Zarafshon shahrida bank mobil ilovasi orqali fuqaroning nomiga kredit olib o‘zlashtirgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro D.R. fuqaro H.N.ning xabardorligisiz, uning nomiga bank mobil ilovasi orqali 53,7 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring