Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlik so‘rovidan so‘ng daryo ustida piyodalar uchun ko‘prik quriladigan bo‘ldi

Deputatlik so‘rovidan so‘ng daryo ustida piyodalar uchun ko‘prik quriladigan bo‘ldi

Oqdaryo tumanidagi “Istiqlol” MFY qarashli “Oqsulot”, “Sarka”, “Qorateri” “Hayrbuvi” qishloqlari Qoradaryo yoqasida joylashgan. Ushbu qishloqlarning qabristoni esa daryoning nargi qirg‘og‘ida. Shu bois bu muammo ko‘pdan beri hudud ahlini qiynab kelardi. Chunki mahallada biror kishi vafot etsa, mahalliy aholi mayit ko‘targan holda daryoni kechib o‘tishga majbur bo‘ladi.

–Qabristonga o‘tish uchun ko‘prigimiz yo‘q, – deydi “Istiqlol” MFY yashovchi T.Ismoilov. – Bu muammo bizning eng og‘riqli nuqtamiz hisoblanadi. Bir necha yildan buyon, yil - o‘n ikki oy oy ta’ziya bo‘lsa, mayitni daryodan kechib olib o‘tishga majburmiz, To‘g‘risi, qish oylarida muzdek suvdan kechib o‘tib kasal bo‘lib qolgan paytlarimiz ham bo‘lgan. Bahor paytlari daryoda suv ko‘payganda esa ko‘kragimizgacha keladigan suvdan kechib o‘tamiz.

Shu bois hudud ahli shu masalada O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda mutasaddilardan ko‘mak so‘ragan edi. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi B.Xo‘jayorov tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi ham yuborildi. Lekin mazkur so‘rovga javob berilmagach, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan takroriy so‘rov yo‘llandi.

Unga asosan, tuman hokimligi 4 may kuni javob xati yo‘lladi. Xatda daryo ustidan piyodalar uchun ko‘prik qurish 2019 yil O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturiga kiritilib, amalga oshirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring