Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar ijtimoiy tarmoqlarda. Xo‘jako‘rsinga ochilgan sahifalar

Deputatlar ijtimoiy tarmoqlarda. Xo‘jako‘rsinga ochilgan sahifalar

Foto: «The Sherwood Group»

Oldingi maqolamizda ijtimoiy tarmoqlardagi faol deputatlar haqida yozgan edik. Endi navbat passivlariga va eng achinarlisi, hamon ijtimoiy tarmoqni tushunmaydigan deputatlarga keldi.

Prezident 2017-yil 12-iyuldagi yig‘ilishda hamma deputat va senatorlarga ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochish, xalqqa yaqinroq bo‘lish haqida aytganidan so‘ng «o‘z ayblarini tan olgan» deputatlarimiz OAV orqali chiqishlar qilib, bundan keyin xalqqa astoydil xizmat ko‘rsatishlarini baralla aytishgan edi. Mana, oradan 5-6 oyga yaqin vaqt o‘tdi. Kuzatuvlarimiz o‘tgan vaqt davomida davlat rahbarining ko‘rsatmalari nomigagina bajarilganini ko‘rmatmoqda.

Aslida deputatlar odamlarni har bir harakati va amalidan internetdagi sahifalari orqali xabardor qilib turishi dunyo tajribasida allaqachon oddiy holga aylangan. O‘zining rasmiy veb-saytini ochish bo‘yicha biror deputat hali tashabbus ko‘rsatganicha yo‘q. Feysbuk tarmog‘ida sahifa yoki profil ochib qo‘yib, uni yuritmayotganlar ana o‘sha tanqiddan keyingi qo‘rquv yoki o‘zini sug‘urta qilish maqsadini ko‘zlamagan bo‘lsa kerak. Har holda ijobiysiga umid bog‘laymiz.

Shuningdek, Tvitter ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri haqida deputatlarimiz hali to‘liq ma’lumotga ega emas, shekilli. Dunyo bo‘yicha axborot olish va tarqatishda aynan shu ikki manba ham yetakchilik qiladi. Tvitterda partiya raislari 2016-yilgi Prezident saylovi munosabati bilan o‘z sahifalarini ochishgan va shundan so‘ng faoliyat taqqa to‘xtagan. Aksariyatida o‘zi va faoliyati haqida ma’lumotlar ham topolmadik.

Demak, dastlab ijtimoiy tarmoqlarda birorta ham sahifasiga ega bo‘lmagan deputatlarni keltirib o‘tamiz. Keyin navbat xo‘jako‘rsinga ochilgan sahifalarga...

Feysbuk, Tvitter va Telegramda umuman rasmiy sahifa va kanal ochmagan deputatlar (ro‘yxat alifbo tartibida, 2017 yil 1 dekabr holatiga):

Alixonov Boriy Botirovich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Abduqodirov Abdurashid Tolibjonovich, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Bekzod Artikov sahifasidan skrinshot
Foto: «xabar.uz»

Arzikulov Saxobiddin Jiyanboyevich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Ahmedov Ahad Amiriddinovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Abdusattorov To‘lqin Sayfullayevich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Aytjanova Nuriya Jalgasbayevna, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Babashev Qutlimurat Aytmuratovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Butayev Utkir Umirovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Dadaxodjayeva Muxarram Esonullayevna, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Jo‘rayev Qodir Asadovich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Jakbarov Sadirjon Aminjonovich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Jumamuratova Klara Shohnazarovna, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Jumayev Oybek Chariyevich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Zokirov Islomjon Ilhomjonovich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Ismoilov Sohibjon Ibragimovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Karamova Komila Zaydullayevna, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Karimov Rahmatilla Hamidillayevich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Qulmatov Sherzod Do‘stmuradovich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Qurbonboyev Maqsud Kamilovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Qirg‘izboyev Abdug‘appor Karimjonovich, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Quvvatov Farhodjon Murodullayevich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Matyakubov Anvarbek Egamovich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Muxtorov Nodirjon Ilxomjonovich, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Mamarahimov Oybek Murotovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Muhammadiyev Mehriddin Mamadiyorovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Norboyev Tursunpo‘lat Yusupovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Nasirov Kabil Erkinovich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Nazirkulov Atxam Axatkulovich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Niyozova Jamila Abduqodirovna, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Obidjonov Bahromjon Anvarjonovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Otajonov Jumanazar Ozodovich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Radjapov Nodirbek Muxtorovich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Rahmatov Sattor Ne’matovich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Rahmonov Akmal Ergashevich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Saidov Akmal Xolmatovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Sa’dullayev Dilmurod Safoxonovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Samoylov Sergey Vladimirovich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Tursunov Sobit Axmadovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Tumishova Aksavli Moldagaliyevna, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

To‘xtayeva Muhabbat Abdullayevna, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Tursunboyev Shuhrat Mirayimovich, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi

Xushvaqtov Islam Nortashovich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi.

Davron Aripov sahifasidan skrinshot
Foto: «xabar.uz»

Xakimov Raxim Rasuljonovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Xalilova Nargiz Alixanovna, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Xaitov O‘rol, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Hajiyev Inoyat Sadullayevich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Shodmonov Adham Xursanboyevich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Shirinov Djahongir Djabborovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.

Egamov Aybek Normuxammedovich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.

Yunusova Aliya Tuyg‘unovna, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi.

Endi esa, ijtimoiy tarmoqda sahifa ochgan, lekin unga kirishga va post qoldirishga hafsala qilmayotgan deputatlar bilan tanishamiz. Yaxshiyamki, Prezident internetda faol bo‘lishni ta’kidlagan ekan. Aks holda shu sahifalar ham ochilmasmidi?!.

Ta’kidlash lozim, aksariyati Feysbukdan ro‘yxatdan o‘tgan. Yuqorida qayd etganimizdek, Tvitter borligini ko‘pchiligi bilmasa ham kerak. Telegram orqali chatlashishni qoyillatishlari mumkin, ammo unda kanal ochish juda osonligini bilmasliklari ehtimoldan xoli emas.

Demak, tanishamiz (alifbo tartibida)

Abdullayev Ilhom Zoirovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z profiliga ega, ammo faol deb bo‘lmaydi. Rasmiy sahifasini hali ochmagan.

Artikov Bekzod Xatamovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda profili va sahifasiga ega. Har ikkalasi ham 2017 yil avgust oyida ochilgan bo‘lib, sahifalardan kunlik hayot tarzi haqida ma’lumotlar topish mumkin. Sahifada laykerlar soni juda kamligidan bilish mumkinki, yo deputat odamlarni qiziqtirolmaydi yoki foydalanuvchilar uchun deputatlar faoliyati ahamiyatsiz.

Akbarov Numan Abduazizovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda profiliga ega va nisbatan faol deputatlardan, ammo rasmiy sahifasini hali ochmagan.

Akramova Zulayho Abdurazoqovna, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda noyabr oyida profil ochgan ushbu deputat hozircha faollardan biri. Lekin rasmiy sahifasiga ega emas.

Aripov Davron Raximovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbuk orqali o‘z profili va rasmiy sahifasiga ega bo‘lib, sahifadagi ma’lumotlar sentyabr oyida «qotib qolgan», shuningdek, laykerlari soni ham barmoq bilan sanarli.

Abdubakiyev Siddik Axmatjonovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi. Feysbukda avgust oyida o‘z shaxsiy profilini ochgan va shu bo‘yicha ma’lumot joylashtirmagan.

Bekatova Zumrad Raximbayevna, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda hozircha faqat shaxsiy profiliga ega, unda ham uncha faolmas. Shaxsiy profil sentyabr oyida ochilgan va rasmiy sahifasiga ega emas.

Bafayev Shuxrat Gafurovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z profili va rasmiy sahifasiga ega, ammo ularga vaqt ajratish uchun fursati yo‘q ko‘rinadi. Har ikkisi ham avgust oyida ochilgan va shu bo‘yicha qolib ketgan.

Burxanov Akmal Eshondedayevich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda nisbatan faol deputatlardan bo‘lib, hozircha faqat shaxsiy profiliga ega, rasmiy sahifa ochmagan.

Gapporov Xayrillo Lutpillayevich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi. Feysbukda shaxsiy profiliga ega, lekin faoliyati va qonunchilik borasidagi yangiliklar haqida postlar deyarli yo‘q.

Jumaniyozov Kuvondik Yo‘ldashevich, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi. Feysbukda go‘yoki xo‘jako‘rsinga ochilgandek profilga ega, ammo avgust oyidan beri hech nima joylanmagan. Rasmiy sahifa ham ochilmagan.

Jalilova Dilfuza Karimovna, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega bo‘lib, u ham Prezident nutqidan keyin, ya’ni avgust oyida ochilgan. Eng passiv deputatlar qatoriga kiritish mumkin.

Avazbek Jalilov sahifasidan skrinshot
Foto: «xabar.uz»

Jalilov Avazbek Abdujaminovich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda shaxsiy profil va rasmiy sahifasiga ega, biroq faollikdan asar ham yo‘q. Profiliga avgust oyidan beri «qadam» bosmagan, sahifasida esa qandaydir videopostdan boshqa biror nima topilmadi. Laykerlari ham shunga yarasha.

Jumabayev Akmaljon Adilovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda nisbatan faol deputatlardan bo‘lib, o‘z profili va rasmiy sahifasiga ega. Lekin o‘zi va faoliyati haqida bu kishi ham batafsil ma’lumot kiritmagan.

Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabr oyida ochilgan va shu bo‘yicha qotib qolgan yana bir profillardan biri. Rasmiy sahifa mavjud emas.

Zakir Sabirdjanovich Umarov, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukdanavgust oyida ro‘yxatdan o‘tgan va hech qanday ma’lumot kiritilmagan. Ijtimoiy tarmoqda bormi — bor, qabilida ish ko‘rilgan chog‘i. Rasmiy sahifa mavjud emas.

Ismoilov Nurdinjon Mo‘ydinxonovich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – Feysbukda iyul oyida ochilgan profillardan yana biri bo‘lib, faollikdan asar ham yo‘q. Rasmiy sahifaga ega emas.

Ibragimova Firuza Baxodirxonovna, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega, lekin faollik borasida biror nima deyish qiyin. Rasmiy sahifaga ega emas.

Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zo, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega va nisbatan faol deputatlardan yana biri. Lekin rasmiy sahifasi mavjud emas.

Koshelapova Lyudmila Viktorovna, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda faqat shaxsiy profiliga ega, faol bo‘lmagan deputatlar qatoriga kiritish mumkin. Rasmiy sahifasi yo‘q.

Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida shaxsiy profil ochgan, nisbatan faol deputatlar qatoriga kiradi. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Mamadjanov Shuxrat Muratovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z profili va rasmiy sahifasiga ega, ammo juda passiv hisoblanadi. Sahifasida laykerlar soni ham boshqalarga nisbatan ko‘proqni tashkil qiladi. Tvitterda akkaunt ochgan juda kam sonli deputatlardan, lekin bu yerda umuman faoliyat yuritmaydi.

Mirzayev Kaxramon Elmuratovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda nisbatan faol deputat bo‘lib, hozircha faqat shaxsiy profiliga ega, rasmiy sahifa ochmagan.

Niyozmatov Baxrom Baxtiyorovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida shaxsiy profil ochgan bo‘lib, unchalik faollik ko‘rsatmaydi. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Nomozov Siddik Kaxxorovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabr oyida ochilgan shaxsiy profiliga ega bo‘lsa-da, deyarli faoliyat yuritmaydi. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Otamuratov Sarvar Sa’dullayevich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Prezidentlikka nomzodini qo‘ygan deputat iyul oyida Feysbukda shaxsiy profil ochgan bo‘lib, u yerda negadir kamnamo.Tvitterda saylov-2016 munosabati bilan ochilgan akkaunt hozirda ancha huvillab qolgan.

Pardayev Azamat Kenjaboyevich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Prezident tanqididan so‘ng Feysbukda avgust oyida shaxsiy profil ochgan va nisbatan faollik ko‘rsatib keladi. Ammo rasmiy sahifasi mavjud emas.

Pak Viktor Nikolayevich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega, lekin unchalik faol emas. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Polvanov Shuxrat Tagaymuratovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida profil ochgan, ammo shu bo‘yicha qolib ketgan. Rasmiy sahifasi ham yo‘q.

Raximov Sherzod Abduxalilovich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda aprel oyida o‘z profilini ochgan, biroq bu joy ancha huvillab qolgan. Kerakli ma’lumotlar muntazam joylanmaydi. Rasmiy sahifaga ega emas.

Rasulov Xamdambek Kurbanaliyevich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda iyul oyida profil ochgan, eng passiv deputatlar qatoriga kiritish mumkin. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Ro‘zmetov Xayrullo Ibodullayevich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda rasmiy sahifasiga ega, ammo faol emas. Laykerlari soni barmoq bilan sanarli. Avgust oyida ochilib, o‘shandan beri boshqa ma’lumot kiritilmagan.

Samatov Ulug‘bek Gaffarovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega, lekin faollikda ancha oqsagan. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Sabirov Nazir Najmetdinovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda iyul oyida ochilgan shaxsiy profil deyarli huvillab yotibdi. Rasmiy sahifasi yo‘q.

Sultonov Zafar Rashidovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabr oyida shaxsiy profil ochgan, lekin uni qoyillatib yuritmaydi. Rasmiy sahifaga ega emas.

Saidaxmetova Nilufar Zokirjonovna, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda iyul oyida rasmiy sahifa ochgan, bir muddat faollik bilan yuritgan, lekin hozircha «qotib» qolgan.

Sveshnikov Polyante Gramitonovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabrda shaxsiy profil ochgan deputat nisbatan faollik ko‘rsatmoqda. Rasmiy sahifasi yo‘q.

Tangirov Davron Xurramovich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profili va rasmiy sahifasiga ega. Sahifasida nomiga bo‘lsa-da birorta layker yo‘q va foydali ma’lumot topish juda mushkul.

Tuxtabayev Shuxrat Abdulmaxmudovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida ochilgan profilga ega yana bir deputat bo‘lib, virtual faollikda beqarorlikni kuzatish mumkin. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Tursunov O‘tkir Abdugafforovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida ochilgan profil deyarli yuritilmaydi. Rasmiy sahifaga ega emas.

Tojiyev Kozimjon O‘ktamovich, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda shaxsiy profil deyarli bo‘sh, foydali ma’lumotlar va postlardan asar ham yo‘q. Rasmiy sahifa mavjud emas.

Tuxtashev Sherzod Azimovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabrda ochilgan shaxsiy profil deyarli yuritilmaydi. Rasmiy sahifa mavjud emas.

Tursunov Murodulla Xolsaidovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega ushbu deputat nisbatan faollardan hisoblanadi. Lekin rasmiy sahifasi yo‘q.

To‘xtaboyev Abdurashid Tursunovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida ochilgan shaxsiy profil virtual faollik bo‘yicha maqtana olmaydi. Rasmiy sahifa mavjud emas.

Umirzakov Akmaljon Axataliyevich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda shaxsiy profilga ega mazkur deputatimiz unga deyarli qadam ranjida qilmasligini sahifasi huvillab yotganidan bilib olish qiyin emas. Lekin o‘zi haqida batafsil ma’lumot joylashtirilgan.

Urinboyev Avaz Rustamovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profiliga ega, boshqalarga nisbatan noyabr oyida ancha faollik ko‘rsatgan. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Fayziyeva Dilorom Husnitdinovna, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukdao‘z shaxsiy profiliga ega, nisbatan faolroq deputatlar qatoriga kiritish mumkin. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Xudoyarova Gulshana Berdinazarovna, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda rasmiy sahifasiga ega bo‘lib, ommabopligi juda ayanchli ahvolda. Shuningdek, ushbu sahifa ham sentyabrda oyida ochilgan va faolligi bilan maqtana olmaydi.

Xudaybergenov Salauatdin, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida ochilgan shaxsiy profil shu bo‘yicha qotib qolgan. Rasmiy sahifaga ega emas.

Xalbutayev Erkin Ergashevich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda profiliga ega kamsonli deputatlardan.

Xamrakulov Abdullajon Kadirovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profili va rasmiy sahifasiga ega bo‘lsa-da, faolligi va ommabopligi bilan maqtana olmaydi.

Xoliyarov Yormamat Berdikulovich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda rasmiy sahifasiga ega ushbu deputatimiz juda passivligi bilan alohida «ajralib turadi».

Xamrayev Alisher Shonazarovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida tarmoqdan ro‘yxatdan o‘tgan mazkur deputat juda passivlar qatoriga kiradi.

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida nomiga ochilgan rasmiy sahifa hozirgacha faollik ko‘rsatmay kelmoqda.

Xusanova Muxtabar Akbarovna, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabr oyida ochilgan shaxsiy profil o‘ta passivligi bilan ajralib turadi. Rasmiy sahifaga ega emas.

Xolboyev Faxriddin Rahmonqulovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi. Feysbukda avgust oyida shaxsiy profil va rasmiy sahifa ochgan, lekin eng passiv deputatlardan biri hisoblanadi.

Eshnazarov Tulkin Sheraliyevich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda yaqindagina (noyabrda) shaxsiy profil ochgan deputat eng passivlar qatorida esga olinadi. Rasmiy sahifasi mavjud emas.

Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda o‘z shaxsiy profilini ochgan mazkur deputatimiz nisbatan faol ko‘ringani bilan rasmiy sahifasiga ega emas.

Eshmatova Feruza Farxodovna, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda faqatgina shaxsiy profiliga ega bu deputat passiv foydalanuvchilar qatoriga kiradi. Rasmiy sahifasi yo‘q.

Eshonkulov Bunyodjon Maxamadaliyevich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda passiv, tarmoqda shaxsiy profiliga ega, ammo rasmiy sahifasi mavjud emas.

Ergashev Qahramon Payzullayevich, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda sentyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan mazkur deputat nisbatan faol bo‘lsa-da, rasmiy sahifasi hali ishga tushirilmagan.

Yakubov Shuxrat Ummataliyevich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda avgust oyida shaxsiy profil ochgan, rasmiy sahifaga ega emas. Faolligi bilan ham unchalik maqtana olmaydi.

Svetkov Vladislav Olegovich, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi. Feysbukda shaxsiy profiliga ega bo‘lib, asosan faoliyatidan tashqari mavzularda post qoldiradi (albatta, bu shaxsiy sahifa). Hozircha rasmiy sahifa ochmagan.

Ko‘rib turganingizdek, ko‘pchilik deputatlar Feysbukda faqat shaxsiy profilga ega bo‘lib, hali sahifa ochishmagan. Biz bu bilan ularning obro‘siga daxl qilmoqchi emasmiz. Shunchaki ma’lumot uchun eslatib o‘tdik. Qanday xulosa chiqarish ularning o‘ziga bog‘liq.

Shu o‘rinda bir ma’lumot: mazkur maqola saytga joylashtirilishi bilan ayrim deputatlardan e’tirozlar bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi deputatlarning sahifasi «Feysbuk»ning «Maxfiylik qoidalari»dagi sozlamalar tufayli boshqalarga to‘liq ko‘rinmas ekan. Tabiiyki, muharrirlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda hamma deputatlar bilan do‘stlashmagan. Shu bois maqoladagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar o‘rganilgan kuni muharrrirlarimizga qanday ko‘ringan bo‘lsa, shundayligicha keltirilgan. Bizningcha, deputat xalq vakili hisoblanar ekan, uning profili hammaga ochiq bo‘lishi va yozayotganlarini barcha ko‘rish-o‘qish-xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Shunda hech qanday tushunmovchilikka o‘rin qolmaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring