Dekabrning birinchi sanasida qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi tunda hududlarda havo harorati nol daraja va undan pasayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq: cho‘l hududlarda 29 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30 noyabr-1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 noyabrda kechas 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 29-30 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 1 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter