Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonlarning yerga umrbod egalik qilish huquqini bekor qilish ko‘zlanmoqda

Dehqonlarning yerga umrbod egalik qilish huquqini bekor qilish ko‘zlanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun joylashtirildi, deb xabar bermoqda «Norma».

1998-yil 30-apreldagi tahrirdagi «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 604-I-son Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanadi.

Unda dehqon xo‘jaligini tashkil etish tartibi, uning huquq va majburiyatlari belgilangan, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish, uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar asoslari, fermerlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va xo‘jalik faoliyatining to‘xtatilishi yozilgan.

Ushbu qonun kuchga kirgan kundan boshlab dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratish tartibi bekor qilinadi. Yerlar bog‘dorchilik va uzumchilik faoliyati uchun 30 yildan 50 yilgacha, sabzavotchilik, polizchilik va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtirish faoliyati uchun 5 yildan 15 yilgacha ijaraga beriladi. Dehqon xo‘jaligi tasarrufidagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor bo‘lganda yoki ijara, shu jumladan ikkilamchi ijara muddati tugaganda dehqon xo‘jaligining faoliyati to‘xtatilgan hisoblanadi.

2021-yil 1-yanvarga qadar Hukumat hamda davlat boshqaruvi organlarining dehqon xo‘jaliklari faoliyatiga doir barcha normativ-huquqiy hujjatlari, qarorlari Qonunning yangi tahririga muvofiqlashtirilishi, bunda Qonun kuchga kirgunga qadar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mulkiy huquqlar saqlanib qolinishi lozim.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring