Davlat xizmatlari mobil ilovalar orqali ko‘rsatiladi

Shu yilning 1-martidan boshlab aholi bilan muloqotning yangi usullarini qo‘llash, odamlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda kecha e’lon qilingan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma’lum bo‘ldi.
Loyihaga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlarini infokiosklar bilan ta’minlash, ularda elektron navbat tizimi va masofadan turib videokuzatuv tizimini joriy etish, davlat xizmatlarini aloqa vositalaridagi mobil ilovalar orqali ko‘rsatish imkoniyatini yaratish, aholi bilan qayta aloqaning samarali vositalarini amalga kiritish, olis hududlarda yashovchi aholiga mobil davlat xizmatlari markazlari (maxsus avtotransport vositalari) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Davlat dasturi bilan tanishish va unga o‘z fikr-takliflaringizni mana bu havola orqali bildirishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter