Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat tashkiloti haydovchilari uchun maosh miqdori belgilandi

Davlat tashkiloti haydovchilari uchun maosh miqdori belgilandi

Foto:«Xabar.uz»

Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

«Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilinishicha, nizomga muvofiq, tashkilotlarning (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proqni tashkil etadigan tashkilotlar) yengil avtomobil haydovchilariga Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining 1-3 razryadlari bo‘yicha (577 ming 172 so‘mdan 638 ming 194 so‘mgacha) avtobus haydovchilariga 2-7 razryadlar bo‘yicha (607 ming 581 so‘mdan 868 ming 495 so‘mgacha), yuk avtomobillari haydovchilariga 1-8 razryadlar bo‘yicha (577 ming 172 so‘mdan 940 ming 667 so‘mgacha) haq to‘lanadi.

Quyidagilar uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlar belgilanadi:
 

-tungi vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik, shuningdek xizmat vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun;

 -malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga;

-xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirganligi;

-Prezident Administratsiyasi transport qismi hamda Hukumat apparati balansida bo‘lgan yengil avtomobillar haydovchilariga alohida mehnat sharoitlari uchun;

 -bir yo‘la bir necha kasbda ishlaganligi, xizmat ko‘rsatish zonasi kengayganligi va bajariladigan ishlar hajmi oshganligi uchun;

-agar ish smenasi o‘rtasidagi tanaffus ikki soatdan ortiqni tashkil etsa, bo‘lingan ish smenasida ishlaganligi uchun;

-safar xususiyatiga ega mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring