Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona ko‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy Axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek nizom bilan bojxona orqali o‘tayotgan tovarlar, yuk deklaratsiyalari, tovarlarni olib kirayotgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zaro axborot almashishi belgilandi.
Bojxona imtiyozi berilgan soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Kameral nazorat har chorakda o‘tkazilib uning natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, dalolatnomaning bir nusxasi shu kunning o‘zida soliq to‘lovchiga yuborilishi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter