Davlat rahbari jiddiy savollarni o‘rtaga tashladi
Biz bugungi keskin sharoitda g‘oyaviy-mafkuraviy sohada raqobatga tayyormizmi? Yosh avlodimiz tarbiyasi murakkab zamon talablariga javob berayaptimi?
«Bular oddiy savollar emas. Odamni jiddiy o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan savollar. Agar biz bu yorug‘ dunyoda «o‘zbek», «o‘zbekistonlik», «O‘zbekiston» degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart. Ertaga kech bo‘ladi», — dedi davlatimiz rahbari.
Dunyo miqyosidagi iqtisodiy inqiroz va pandemiya ta’siriga qaramasdan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun 2024 yildan boshlab har yili 100 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha ham katta ishlar amalga oshirildi.
Maqom, Baxshichilik va Askiya san’ati markazlari tashkil etildi. Shuningdek, “Bahor” raqs ansambli, Davlat filarmoniyasi, Davlat simfonik orkestri kabi 20 dan ortiq muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan davrda 11 ta yangi muzey, 2 ta teatr, 28 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 5 ta oliygoh, jumladan, yangi avlod jurnalistlarini tayyorlashda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter