Davlat organlariga volontyorlar jalb etiladi
«Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (169-son, 11.04.2022 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi.
2022 yil 1 iyundan O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi ishga tushiriladi.
Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.
Ta’lim oluvchilar ta’limdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Quyidagi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkin emas:
- pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;
- maxfiy ma’lumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;
- inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan, bajarilishi alohida bilim va ko‘nikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi.
Davlat organiga jalb etilgan volontyor oyiga 20 soatdan ko‘proq volontyorlik bilan band bo‘lsa, u bilan volontyorlik shartnomasi tuzilishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter