Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati faqat davlat reyestriga kiritiladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan tadbiq etilishi nazarda tutilgan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Davlat reyestri Prezident qarori bilan joriy etiladi va unga qurolli kuchlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, huquqni muxofaza qiluvchi, sud organlari hamda saylanadigan lavozimlardan tashqari barcha davlat organlaridagi lavozimlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Qonun bilan barcha darajadagi davlat xizmatchilari uchun bir xil huquq, majburiyat va cheklovlar tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish maqsadida:

  • davlat xizmatchilarining faoliyatini KPI asosida baholash;
  • korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilmaslik;
  • davlat fuqarolik xizmati xodimlarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish belgilanmoqda.

«Qonun loyihasida kamchiliklar borligi, butun boshqaruv tizimi to‘liq qamrab olinmagani haqida fikrlar bildirilayapti. Shaxsan men ham bu fikrlarga qo‘shilaman. Biroq yana bir masala – biz bunday qonunni qabul qilishda ancha kech qoldik. Shu bois, hozirgi harakatlarni bu yo‘ldagi dadil va boshlang‘ich qadam sifatida qarab, tezroq qonunni qabul qilish kerak, deb hisoblayman», deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring