Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlarida nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlarida nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi dam olish kunlarida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Aytilishicha, bugun va ertaga O‘zbekiston hududida ob-havo sharoitlarining shakllanishiga o‘rta troposferadagi kuchsiz siklon harakati ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda respublikaning markaziy va sharqiy tumanlari ustida bulutlar ko‘payadi.

Respublika bo‘yicha ob-havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqiy Qozog‘istondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi O‘zbekistonda kunduzgi haroratning pasayishiga olib keldi. Bugun va ertaga kunduzi havo harorati 32-35 darajani mamlakatimiz shimoli, janubi va cho‘l zonasida 37-39 darajani tashkil qiladi. Tungi harorat 19-24 daraja atrofida saqlanib qoladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekistonning tekislik hududida ob-havo quruq va ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘li tumanlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Nisbatan salqin havo oqimi ta’siri yakshanba kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 19-24 daraja atrofida, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi, mamlakatimiz janubi va cho‘l zonasida 39 darajagacha isiydi. Bunday haroratlar kunning iqlimiy me’yorlariga yaqin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring