Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chumchuq oshxona» ekofaollarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda

«Chumchuq oshxona» ekofaollarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda

foto: (Tik Tok videolaridan olindi)

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi muassasalardan birida yovvoyi chumchuqlardan taom tayyorlanmoqda. Ekologik faollar viloyat Ekologiya boshqarmasi, shuningdek, EkoPartiya tashkilotini vaziyatga huquqiy baho berishga chaqirdi, deb xabar bermoqda vzglyad.uz.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi «Chumchuq oshxona» muassasasi ijtimoiy tarmoq foydalanavchilarining  noroziligiga sabab bo‘ldi.

«Har bir harakatlanuvchini o‘ldirish va yeyish darajasiga yetdikmi? Chumchuqlar yaqinda «Qizil kitob»ga kiritilgani bejiz emas», deb yozadi ular.

Shunisi e’tiborga loyiqki, chumchuqlar faqat hasharotlar bilan oziqlanadi va ular jo‘jalarini ham hasharotlar bilan oziqlantiradilar. Chumchuqlarning foydalari bahorda ayniqsa seziladi. Bir juft chumchuq bir oyda 3 kg. gacha bog‘ zararkunandalarini tutishi mumkin.

Bir qancha yirik mamlakatlarda bu tur «Qizil kitob»ga kiritilgan. Tahririyat Ekologiya vazirligini vaziyatga huquqiy baho berishga chaqiradi.

  

R/S: Garchi instagramda  sahifani topa olmagan bo‘lsakda, ammo TikTok platformasida ushbu oshxona va unda pishirilgan taomlar reklamasi o‘ziga chorlab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring