Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chortoqda DXMning yangi binosi ishga tushdi (foto)

Chortoqda DXMning yangi binosi ishga tushdi (foto)

Foto: Namangan viloyati DXM matbuot xizmati

Prezident tomonidan davlat xizmatlari agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p vaqt bo‘lmay zamonaviy har jihatda qulay bo‘lgan inshoot birinchi bo‘lib Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan edi.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bugunga kelib, aholiga 130 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda. Mana endi binolarning to‘qqizinchisi Chortoq tumanida barpo etildi.

Ta’kidlash joiz, Chortoq tuman davlat xizmatlari markaziga aholi tomonidan o‘tgan 2019-yilda 56 805 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shularning, 55 303 ta davlat xizmatlariga to‘g‘ri keladi. 1 502 tasi tadbirkor sifatida ro‘yhatdan o‘tkazilgan.  2020-yil boshidan 1-aprel kuniga qadar aholiga 10 926 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, shularning 627 tasi tadbirkolik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, karantin davrida ham kuniga 50-60 nafar fuqaroga davlat xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Chortoq tuman hokimligi yonida qad rostlagan ikki qavvatli binoda barcha sharoitlar mujassam etilgan. Jumladan, markazning birinchi qavvatida kutish zali, bolalar maydonchasi, investorlar xonasi, kafe, kutubxona, kassa (E-akutsion) xonasi xamda FHDYo bo‘limi inspektori uchun xona mavjud. 

Darhaqiqat, Namangan viloyatida hozirga qadar 9 ta bino qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yaqin kunlarda 10-bino ya’ni Uychi tuman davlat xizmatlari markazi ham aholi ihtiyoriga topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring