Chirchiqda qutqaruvchilar o‘z uyida ikki kun hushsiz yotgan inson hayotini saqlab qolishdi

Joriy yilning 23 aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Toshkent viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Chirchiq shahar, 1-kichik tuman, 33-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar ushbu uyning 29-xonadon egasi M.P. ikki kun davomida ko‘rinmay qolganligidan havotirlanib yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur voqea yuzasidan boshqarmaning yong‘in-qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida belgilangan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning temir eshigini ochadilar. Bu vaqtda, M.P uyning mehmonxonasida hushsiz holatda aniqlanadi.
Xaloskorlarning tezkorlik bilan ko‘rilgan choralari natijasida fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkaziladi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter