Chegara zonasi rejimi o‘rnatilgan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi rejimi ro‘yxatini tasdiqlash haqida»gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror loyihasida mamlakat hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati keltirilgan.
Unga ko‘ra, ro‘yxatga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Qorabuloq, Polvonak, Mullolo, Kurduptur, Maydontol, Ispay, Qo‘shbuloq, Tepar, Takayong‘oq, Jaujurek, Urungach, Chakak, Pskem aholi punktlari;
Shuningdek, Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi So‘x-Ush’yar, Sarikayda, Dimersat, Yangiariq, Ravon, Shayxatalan, Malmut, Divayram, Limbur, Tul, Kalacha, Gaznou, Kizilkiyak, Chashma, Farg‘ona tumanidagi Shohimardon, Iordan, Ak-kiya, Kurgancha, Oqsu, Ko‘kko‘l, Sholang, Dashloq, Dutoba aholi punktlari kiritilmoqda.
Hujjat loyihasi bilan to‘liq quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 17-sanasiga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter