Byurokratiya va korrupsiyaga o‘rin yo‘q
Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzuida seminarlar tashkil etilmoqda.
Seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-214-moddalari mazmun-mohiyati va jazo sanksiyalarini hamda mansabdorlik jinoyati bilan bog‘liq statistik ma’lumot va misollar orqali ushbu illatning salbiy holatlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Seminarlarga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB) vakillari taklif etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan, jumladan, byurokratiya va korrupsiyaning yuzaga kelishini bartaraf etish maqsadida asos solingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter