Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya o‘zbekistonliklarga berilgan kovid-sertifikatlarni tan oladi

Buyuk Britaniya o‘zbekistonliklarga berilgan kovid-sertifikatlarni tan oladi

Mamlakatimizning London shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10- yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan oladi.

Bu haqda TIV maxsus vakili xabar berdi. 

Bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to‘liq kursini tugatgan bo‘lsa, emlash sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid i Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac.

Sertifikatning tan olinishi emlangan O‘zbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o‘tish majburiyatidan ozod qiladi. PZR testi o‘rniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) o‘tish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring