Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik o‘quvchi qiz momosini tunab ketdi

Buxorolik o‘quvchi qiz momosini tunab ketdi

Foto: «actual.today»

28-may kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida o‘g‘irlik sodir etildi. Bu haqda IIV rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

Tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berishlaricha, noma’lum shaxs M.G‘. ismli ayolning uyiga deraza orqali kirib, mexmonxonasidan 100.000 so‘m puli, 250 AQSh dollari va 500 Rossiya rublini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.G‘.ning birga yashovchi nabirasi, kollej o‘quvchisi G.J. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring