Buxorodan Rossiyaga yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Tashish uchun katta hajmli avtobuslar xarid qilinadi va Buxoro-Moskva, Ufa-Sankt-Peterburgga yangi yo‘nalishlar ochiladi. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.
Buxoro shahridan Rossiyaga, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgga muntazam avtobus yo‘nalishlari Buxoro viloyati hokimligi tomonidan o‘rganilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatidan Rossiyaga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yish masalalarini aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter