Bugun havo harorati 46 darajagacha qiziydi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo saqlanib turadi, ushbu holat Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi hisobiga sodir bo‘ladi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 39-44° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 45-46° gacha isiydi.
Poytaxtimizda issiq bo‘ladi. Kechga tomon shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 42-44° ni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter