Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyaliklarning O‘zbekistonga kelishi sezilarli ravishda oshadi

Britaniyaliklarning O‘zbekistonga kelishi sezilarli ravishda oshadi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) a’zosi bo‘ldi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Britaniya sayyohlik xizmatlari bozorida ommalashtirishda muhim qadamdir, deyiladi xabarda.

Ushbu uyushma a’zoligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» brendi va mamlakatning sayyohlik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

AITO a’zolik sertifikati
Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) o‘z safiga 120ga yaqin ixtisoslashgan va mustaqil turoperatorlarni birlashtirgan Buyuk Britaniyaning turizm bo‘yicha savdo guruhi hisoblanib, uning a’zolari noyob madaniyatga, boy tarixga va alohida tabiiy sharoitlarga ega davlatlarning turistik mahsulotini taqdim etish borasida 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. AITO 1976-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Londonning janubi-g‘arbidagi Tvickenham shahrida joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring