Britaniyada ayol politsiyachilarning yig‘lashiga ruxsat berildi

Buyuk Britaniyaning Nottingemshir grafligida ayol politsiyalar uchun ishda maxsus «yig‘lash xonasi» joriy etildi. Xodimlarga ish vaqtida tez-tez tanaffus qilish, ventilyator yoki ish joyida shamol esadigan joyda o‘tirish ruxsati ham berildi.
Yangi qonun-qoidalarga ko‘ra, ayollar biroz dam olishi, yig‘lashi va hatto hamkasblari bilan dardlashishlari mumkin. Shuningdek, ular ishga kech kelishlari ham mumkin bo‘lib, xavfli topshiriqlar uchun ular qo‘shimcha baholanadi.
Mazkur qoidalarning joriy etilishiga sabab, ko‘pchilik ayol politsiyachilar o‘rta yoshda ishdan bo‘shab ketishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter