Yana bir xalqaro shartnoma tasdiqlandi
![Yana bir xalqaro shartnoma tasdiqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1314645268.jpg)
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4237, 14.03.2019-y) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan O‘zbekiston 2017-yil oktyabr kuni Sochi shahrida imzolangan Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, o‘qotar qurol, uning asosiy qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini berish tartibi to‘g‘risidagi bayonnomaga qo‘shildi.
Bosh prokuratura – xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter