Bojxona qo‘mitasi raisi 5 nafar xodimni ishdan bo‘shatib, tergov organlariga topshirdi
Bugun Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov huzurida bo‘lib o‘tgan navbatdagi xizmat yig‘ilishida tizimda hanuzgacha korrupsiyaga qo‘l urayotgan xodimlar uchrayotganligi qattiq tanqid qilindi.
Bojxona organlarining tezkor tuzilmalari tomonidan 5-6 oy davomida kuzatuv ostiga olingan xodimlarning qilmishlari haqida ma’lumot berilgan.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Oybek» chegara-bojxona postida joriy yilning iyun-sentyabr oylarida olib borilgan tezkor o‘rganish ishlari natijasida olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ortilgan yuk avtotransport vositalarining hujjatlarda go‘yoki bo‘sh holatda deya ko‘rsatgan holda olib chiqilganligiga doir fakt va dalillar aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Oybek» chegara-bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi shu kunning o‘zida bojxona organlaridan bo‘shatilib, tergov organlariga topshirilgan.
Bugun tungi soat 03:30 da «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona komleksi «Toshkent xalqaro aeroporti» chegara-bojxona postida aniqlangan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniny olib kirishga urinish holati ham yig‘ilishda keskin tanqid ostiga olingan. Mazkur post smena boshlig‘i ham bojxona organlaridan bo‘shatilgan.
Bojxona organlari tezkor tuzilmalari tomonidan Farg‘ona viloyatida aniqlangan navbatdagi salbiy holatda esa tovarlarni «reeksport» qilmasdan, ichki hududda olib qolinishiga sharoit yaratib bergan xodimlar qilmishi tanqid qilingan. Mazkur holatga aloqador «Qo‘qon» TIF bojxona postining 1 nafar xodimi bojxona organlaridan bo‘shatilib, holatga aloqador bir qator xodimlar intizomiy jazoga tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter