Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobur Alixonov yangi lavozimga tayinlandi

Bobur Alixonov yangi lavozimga tayinlandi

Bobur Alixonov

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Axborot-tahliliy multimedia markazi ish boshladi. Bu haqda «Народное слово» gazetasining saytida xabar berildi.

Markaz direktori etib uzoq vaqt televideniyeda samarali mehnat qilgan Bobur Alixonov tayinlandi. B.Alixonov ancha muddat «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» xizmatida ishlagan. 2017-yilda esa O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Axborot-tahliliy multimedia markazining asosiy vazifasi aholini sodir bo‘layotgan siyosiy-huquqiy jarayonlar, prokuratura organlari xodimlari faoliyati va korrupsiyaga qarshi kurashish holatlaridan xabardor qilishdan iborat.

Markazning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus va OAV vakillari ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring