Bir sutkada 23 egizak dunyoga keldi — SSV
Joriy yil 17-yanvar ertalabki soat 08:00 dan 18-yanvar 08:00 gacha Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi ma’lumotlar kelib tushdi.
«103» xizmati:
- 2 770 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko‘rsatdi.
- «Tez yordam»ga 33 427 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng ko‘p chaqiriqlar:
- Farg‘ona viloyati — 4 032 ta,
- Toshkent shahri — 3 447 ta,
- Andijon viloyati — 3 379 ta,
- Toshkent viloyati — 3 327 ta,
- Surxondaryo viloyati — 3 145 ta.
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 2 942 ta murojaat kelib tushdi.
Bemorlardan 877 nafari gospitalizatsiya qilindi.
Sutka davomida jami 2 332 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
- 1 222 nafari — o‘g‘il;
- 1 110 nafari — qiz.
- Ushbu go‘daklardan 23 nafari — egizak.
Eng ko‘p tug‘uruq qayd etilgan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati — 264 nafar,
- Farg‘ona viloyati — 261 nafar,
- Samarqand viloyati — 245 nafar,
- Namangan viloyati — 205 nafar,
- Surxondaryo viloyati — 205 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter